Жамият аъзоларига муносабат

SHUKR QILISH

SHUKR QILISH

Barcha maqtov, shukrlar  olamlarning  tarbiyachisi Allohga bo‘lsin.

Olamlarni yaratgani  uchun ham, ularni tarbiyachisi bo‘lgani  uchun ham,  ulardagi barcha jonzotlarga  hayot, rizqu-ro‘z beruvchi  bo‘lgani uchun ham, Alloh barcha   hamdu sanolarga  sazovordir.

Osongina erishish natijasida  ko‘z o‘rganib, oddiy narsadek tuyulgan   barcha ne’matlarga  faqat mo‘minlar,  ularning ichida ham, Qur’onga  amal qiluvchilargina  ibrat nazari bilan  qaraydilar. Ular ko‘rayotgan ko‘z,  eshitayotgan qulok, harakatlanayotgan   oyoq-qo‘l    yeyilayotgan  oziq-ovqatlar, nafas  olayotgan toza havo,  egalik kilinayotgan  uy-joy, mashina singari  sanab-sanog’iga yetib bo’lmaydigan barcha ne’matlarning soxibi  Alloh ekanligi yaxshi biladilar.

وَإِن تَعُدُّواْ نِعْمَةَ اللّهِ لاَ تُحْصُوهَا إِنَّ اللّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ

Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga  yeta olmaysizlar. Albatta, Allox  magfiratli  va raxmli zotdir. 

Ha, Alloxning bandalariga bergan ne’matlari sonsiz-sanoqsizdir. Ularning ba’zilari yuqoridagi oyatlarda  eslatib o’tildi. Aslida  esa,  agar insonlar o’zlariga  berilgan ne’matlarni hisoblashga urinsalar, sanab-sanog’iga  yeta olmaydilar. Shunday son-sanoqsiz ne’matlarning shukrini  xech kim ado qila bilmaydi. Agar  Alloh hamma ne’matlari uchun  to’la to’kis shukrni  talab etsa, bandalarga  juda qiyin bular edi. 

 Lekin: «Alloh, Albatta o‘ta mag‘firatli va rahmli zotdir.»

Shuning uchun ham, bunday talabni bandalariga  yuklagani yo‘q. Balki umumiy shukr aytish, O‘ziga iymon  keltirib, Unga ibodat qilib yashashni amr etdi. Zotan iymonlaridan ham, ibodatlaridan ham faqat bandalarining o‘zlarigagina   foyda keladi. Mazkur ne’matlariga shukr etmagan,  ularni bergan Allohga  iymon keltirmagan, Unga  ibodat qilmagan ba’zi bandalar  o‘zlariga o‘zlari  yomonlik ortiradilar, xolos.

Mo‘minlar Alloh halol qilgan  behisob ne’matlaridan bahramand bo‘ladi. Lekin ba’zi johil kimsalar kabi ularga aldanib, oxirat  va Qur’on xulqi   bilan   yashash mas’uliyatini unutmaydilar. Shu sababli  Alloh  ato etgan  davlat, shuxrat, iqtidor singari  sinov uchun berilgan  vaqtinchalik ne’matlardan  kibrlanib, Qur’onga zid amal qilmaydilar. Ular bu ne’matlarning  bari Allohdan ekanini va istagan vaqtda qaytarib olishi  mumkinligini  biladilar.

Qur’on bilan xulqlangan mo‘min uchun mol-mulk, shuhrat singari dunyo ne’matlari Allohga  yaqinlashish va shukr etish uchun  bir vosita. Qisqa muddat foydalanadigan uy-joy, mashina, kiyim-kechak kabi ne’matlarga ega bo‘lish mo’minning  hayotidagi asosiy maqsadi emas.  Misol  uchun dunyoviy hayotda eng ko‘p  foydalanadigan uyni olaylik. Inson o‘rtacha  60-70 yillik umrini shu uyda  o‘tkazadi. Hayoti nihoyasiga yetgach  sevib, qadrlagan uyi qolib ketadi. Aniqki, o‘lim inson bilan dunyo ne’matlarini  bir-biridan ayiruvchidir. Mo‘min bu haqiqatlarni biladi, shu sababli  dunyo va uning ne’matlariga  aldanib qolmaydi. U berilgan ne’matlarning xaqiqiy  sohibi kim ekanligini biladi, so‘zi, harakati, fe’li  bilan yaratganga minnatdorchilik izhor qiladi.

Ba’zilar shukr etish uchun  juda katta va maxsus ne’mat kelishini yoki  ulkan  muammolari  hal  bo‘lishini   kutadilar. Hayoti, sog’lig’i, nafas olayotgan  toza havosi, baxramand bo’layotgan  quyosh nuri  kabi sanab sanog‘iga  yetib   bo‘lmaydigan ne’matlarga  bepisand qaraydilar. Allohni  eslash, Uning   sifatlarini mushohada qilishdagi nuqsonlar tufayli g‘aflatda bo‘lganlar bu ne’matlarning qadrini vaqtida  bilmasdan, shukrini  qilmaydilar. Har    narsaning  haqiqiy egasi Alloh ekanligini bilgan  mo’min  iymon, sog‘liq,   go‘zallik, ilm  binoan birga, Allohdan  yetgan musibat, ko‘ngilsizlik kabi ranjituvchi  narsalarga  ham qalban shukr  kiladi.

Paygambarimiz  sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilar:

Ikki ne’mat borki, ko’pgina odlamlar  uning qadriga  yetmaydilar, Sihat-salomatlik va xotirjamlikdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Mo‘minning   ishi ajoyib,  Uning hamma ishi  o‘ziga foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr kiladi va u  uchun yaxshi bo‘ladi. Agar  yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham  yaxshilikka bo‘ladi.

Shukr o’zi nima degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

Shukr ne’mat beruvchi Zotga  maqtov so‘zlarini   aytish va ul ne’matni  Alohning roziligi yo‘lida  sarflashdan iboratdir. Berilgan  ne’matga shukr etish insonning to‘g‘ri  yo‘lda-mustaqiym  ekanligini ko‘rsatadi. Shukr qiluvchi inson Alloh taolo o‘zini doim  kuzatib turishini  his etadi va ne’mat yetganda  zoxir buladigan manmanlik,  isrof  va shunga o‘xshash salbiy  xolatlardan xoli bo‘ladi. Natijada,  o‘ziga berilgan  ne’matlardan foydalanib, yaxshi amallarni  ko‘paytiradi. Ne’matga kufrona  bo‘lishi esa, uni Alloh tomonidan berilishini tan olmaslik,  unga  hamdu sano aytmaslik va ne’matni noma’qul yo‘llarda  ishlatishdan iboratdir. Yetgan ne’matga kufron etish uni bergan zotga  Allohga kufr  keltirishdir. Bunday odamlar  «Ne’matni menga Alloh berdi» demaydi, balki, unga o‘z  ilmim,  harakatim va  ustaligim tufayli erishdim, deydi. Shu sababdan, o‘zlaridagi moddiy imkoniyatlarini manmanlik,  shuxratparaslik va shunga  o‘xshash salbiy yo‘llarga ishlatadilar. Oqibatda qattik  azobga uchraydilar. Holbuki shukronalik bandaning o‘ziga foyda keltiradi, xolos, Alloh talo unga extiyojmand emas.

Yangi Namangan tumani “Abu Yusuf” jome’ masjidi 
imom noibi Jalolov Fozilxon

Related posts