Жамият аъзоларига муносабат

SHIFOKORLIK ULUG‘ KASB

SHIFOKORLIK ULUG‘ KASB

Inson hayoti uchun sog‘liqni saqlash eng muhim sohalardan biridir. Shifokorlik ulug‘ kasbdir.

Dunyoda shunday bir kasb borki, uning egalari har qancha ardoq, e’zoz va sharafga munosibdir. Chunki ular tufayli xonadonlarga baxtu – saodat, quvonchi shodlik to‘ladi. Ular salomatlik posbonlari, boshqacha qilib aytganda, jismimizdagi og‘riqlarga, dardimizga malham bo‘la oluvchi, insonlar salomatligi uchun o‘z xuzur xalovatidan kechib, tunni tonglarga ulab, bemorlar boshida parvona bo‘luvchilar – ziyrak, epchil, chaqqon va o‘z navbatida mehribon shifokorlardir.

Inson salomatligi – bebao boylik. Bu juda ko‘p takrorlanadigan ibora bo‘lsada, uning zamirida mehnat, mashaqqat va mas’uliyatni birgina tibbiyot xodimining atiga bir kunlik ish faoliyatiga nazar tashlash bilan tibbiyot soxasi xodimlarini shifokorlarni xizmatlari, sharafli kasb egalariga bo‘lgan xurmat xissi ya’nada ortgan bo‘lar edi.

“Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli” deb Xalqimiz bekorga aytmagan Albatta, mehnatkash insonlarning kuni fayzli, ro‘zg‘ori qut – barakali, yegani totli bo‘ladi.

Alisher Navoiy aytganlaridek: Sixxat tilasang kam ye, Obro‘ tilasang kam de, bu purmana so‘zda olam – olam haqiqat yotadi.

Shifokorlarimiz esa parxezga amal qilish sog‘liqni garovidir: Deyishadi.

Islom dinimizda esa qorin ochganda yeyish farz, to‘ymasdan ovqat yeyishni to‘htatish sunnatdir ya’ni Payg‘ambarimizni ko‘p vaqt qilgan ishlaridir.

Inson va tabiat bir – biri bilan ajralmasdir. Bugun tibbiyot va farasevtika sanoati har qancha rivojlanganiga qaramasdan, dorivor giyohlar asosida tayyorlangan shifo vositalariga ehtiyoj kundan – kunga ortib bormoqda.

Shifokorlarimiz xalqimiz sog‘ligi yo‘lidagi mehnat – mashaqqatlari ibodat darajasidagi savobga ega bo‘lishligini so‘rab qolaman.

Kamoliddin Hamraqulov,
Norin tumani bosh imom xatibi,
 “Haqqulobod” masjidi imom xatibi

Related posts