Таълим тарбия

ILM —ENG KATTA BOYLIK

ILM —ENG KATTA BOYLIK

 Ilm haqida ko'p va ho'p gapirish mumkin. Fazilatlarini bir oʻtirishda yoki bir  mavzu doirasida tugatib bo'lmaydi shuning uchun biz ham ushbu mavzuning ba'zi jihatlarini qisqacha bayon qilamiz xolos.

 

 Ilm shunday fazilatki insonni jaholat zulmatidan nurga olib chiqadi. Bu nur uning hayot yo'llarini yoritadi. Og'irni yengil, uzog'ini yaqin qiladi. Ulamolar ilmni suzishga oʻxshatadilar. Suzishni bilgan kishi ko'zlagan manziliga sog'-salomat yetib oladi. Suzishni bilmagan esa jaholat botqog'iga cho'kib, halok bo'ladi.

 Ilm inson hosil qiladigan eng ulug' fazilatlardan biridir. Ilm egasi dunyodagi eng katta boylikka ega bo'lgan kishidir. Johil esa juda ko'p yaxshiliklardan mahrum bo'lgan kishidir. Zero ulamolardan biri "ilmni boy bergan kishi nimaga erishibdiyu ilmga yetishgan kishi nimani yo'qotibdi?! " deb juda to'g'ri aytgan.

 Ilm Qur'oni karimda Alloh taolo ziyoda qilishni soʼrashga buyurgan yagona fazilatdir.

 "Va:"Robbim ilmimni ziyoda qilgin", degin" (TOHa surasi, 114-oyat)Dinimiz ilm ma'rifatga alohida eʼtibor bergani uchun ilm talab qilishni farz darajasiga koʻtardi. Hadis sharifda bunday marhamat qilinadi: 

Anas ibn molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Nabiy sollallohu alayhi vasallam " har bir musulmonga ilm talab qilish farzdir" dedilar (imom ibn moja rivoyati)

"Al- aliym" Alloh taoloning go'zal ismlaridan biri boʻlib barcha ilmlarning egasi Udur 

ilm oʼtgan  ulug' paygʻambarlar va solih kishilarning yo'lidir.

 Dinimiz ilmga katta eʼtibor beradi. Boshqa biror xalq yoki tuzumni ilmga bunchalik e'tibor qilganini ko'rmaysiz. Qur'oni karimda ilm soʻzi eng koʻp zikr qilinib yettiyuzdandan ortiq oʻrinda kelgan. Yuzdan ortiq hadislarda ilm va uning fazilati haqida so'z boradi.Mana shu maʼlumotlarning o'zi ham islomning ilm-maʼrifat dini ekanini ko'rsatadi. Shunigdek qurʼoni karimning birinchi va ikkinchi nozil bo'lgan suralari "iqro" (o'qi) va "Qalam" deb nomlanishi hamda uning ilk oyatlarida ilm va unga xizmat qiluvchi o'quv qurollarining zikr etilishi ham yuqoridagi so'zimizning yana bir karra ta's tasdiqlaydi.


Muftiy Hazratlarining “Yoshlarga nasihatim” kitobi asosida tayyorlandi

 

Hushnazarov Ibrohimjon,
 Uchqoʻrgʻon tumani “Muzaffarxon eshon” jome 
masjidi imom-xatibi 

Related posts