Таълим тарбия

HAKIM KISHINING TILI QALBINING ORQASIDADIR

HAKIM KISHINING TILI QALBINING ORQASIDADIR

Hasan Basriydan rivoyat qilindi: “Hakim kishining tili qalbining orqasidadir. Agar gapirmoqchi boʻlsa, qalbiga qaraydi, mabodo u soʻzda yaxshilik boʻlsa, gapiradi. Agar birovning zarariga boʻlsa, gapirmaydi. Ammo nodonning qalbi tilining atrofida, u qalbiga qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi”.

Alloh taolo deydi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا ! يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَمَن يُطِعْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا !

Ey moʻminlar! Allohdan qoʻrqinglar, toʻgʻri soʻzni soʻzlanglar! (Shunda Alloh taolo) ishlaringizni oʻnglar va gunohlaringizni magʻfirat qilur. Kim Allohga va Uning paygʻambariga itoat etsa, bas, ulugʻ baxtga erishibdi[1]

عَنْ أَبِى سَعِيدٍ الْخُدْرِىِّ رَفَعَهُ قَالَ “ إِذَا أَصْبَحَ ابْنُ آدَمَ فَإِنَّ الأَعْضَاءَ كُلَّهَا تُكَفِّرُ اللِّسَانَ فَتَقُولُ اتَّقِ اللَّهَ فِينَا فَإِنَّمَا نَحْنُ بِكَ فَإِنِ اسْتَقَمْتَ اسْتَقَمْنَا وَإِنِ اعْوَجَجْتَ اعْوَجَجْنَا ”.

Odam bolasi tong ottirsa, uning aʼzolarining barchasi tilga: “Bizning haqqimizda Allohdan qoʻrq! Biz senga bogʻliqmiz. Toʻgʻri boʻlsang, toʻgʻrimiz. Egri boʻlsang, egrimiz”, deydilar”.

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّهُ ارْتَقَى الصَّفَا فَأَخَذَ بِلِسَانِهِ، فَقَالَ: يَا لِسَانُ، قُلْ خَيْرًا تَغْنَمْ، وَاسْكُتْ عَنْ شَرٍّ تَسْلَمْ، مِنْ قَبْلِ أَنْ تَنْدَمَ، ثُمَّ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ:أَكْثَرُ خَطَايَا ابنِ آدَمَ فِي لِسَانِهِ.

“Abdulloh Safo togʻiga chiqib, tillarini koʻrsatib dedilar: “Ey til, faqat yaxshi soʻzni gapir, boy boʻlasan. Pushaymon boʻlishdan oldin, yomon gaplardan saqlan, salomat qolasan”. Soʻngra dedilar: “Men Rasululloh s.a.v.dan eshitdim: “Odam farzandining koʻpgina xatosi oʻzining tilidandir”, deb marhamat qilganlar”.

عَنْ جَابِر أَنَّ رَسُول اللَّه صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " إِنَّ أَبْغَضكُمْ إِلَيَّ وَأَبْعَدكُمْ مِنِّي يَوْم الْقِيَامَة الثَّرْثَارُونَ وَالْمُتَشَدِّقُونَ وَالْمُتَفَيْهِقُونَ "

Albatta, menga eng yomon koʻrinadiganingiz va qiyomat kuni mendan eng uzoq boʻladiganingiz koʻp gapiradiganingiz, ogʻzini toʻldirib gapiradiganingiz va mutakabbirlik uchun gapiradiningiz

Avzoʻiy deydilar: “Moʻmin gapini kamaytirib, amalini koʻpaytiradi. Munofiq gapini koʻpaytirib, amalini kamaytiradi”.

Luqmoni Hakim oʻgʻliga aytdi: “Ey oʻgʻilginam, kim yomon kishining suhbatida boʻlsa, salomat boʻlmaydi. Kim yomon joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimiki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi”

Muhammad Najmiddinov,
Namangan shahri Mavlono aliyul qori jome 
masjidi imom noibi
 


[1] Ahzob 70-71

Related posts