Islomning goʻzal axloqlaridan biri bu behuda-bekorchi soʻzlardan tilni tiyishdir. Buni hadisi sharifda Sarvari koinot Rasululloh sollolohu alayhi vassallam marhamat qilganlar:
عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- “ مِنْ حُسْنِ إِسْلاَمِ الْمَرْءِ تَرْكُهُ مَا لاَ يَعْنِيهِ ”.
“Oʻziga keraksiz narsani tark qilish, kishi Islomining goʻzalligidandir”
Yaʼni behuda narsalarni, yaʼni u xoh soʻz boʻlsin, xoh u amal boʻlsin musulmon kishi oʻsha narsani qilmasligi bu axloqining goʻzalligidan dalolat qiladi. Islom dinini haqiqatini anglagan boʻladi.
Qurʼoni azimush-shuaʼnda Xudoi taborak va taolo musulmon kishi oʻzaro hamsuhbat boʻlganda chiroyli odobda boʻlishini buyurayapti:
وَقُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ الشَّيْطَانَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلإِنْسَانِ عَدُوًّا مُّبِينًا
“Mening bandalarimga ayt, (oʻzaro soʻzlashganda) yaxshi soʻzlarni soʻzlasinlar. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi va albatta, shayton insonga ochiq dushmandir”[1]
Bir ogʻiz shirinsoʻz ishlatilmagani uchun.
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم " من كفَّ لسانه ستر اللهُ عورته ومن ملك غضبه وقاه الله عذابه ومن اعتذر إلى الله قبَّل الله عذره
“Kim tilini saqlasa, Alloh taolo ayblarini berkitadi. Kim gʻazabini boshqara olsa, Alloh taolo azobidan saqlaydi. Kim Alloh taolodan kechirim soʻrasa, Alloh taolo uzrini qabul qiladi”
Sufyoni savriy deydilar: “Menga kamonning oʻqini otgani tili bilan otgandan koʻra yaxshiroq. Chunki tilninng xato qilmaydi, ammo oʻqni otsa gohida xato ketadi”.
Alloh taolo Oʻzining kitobida:
مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ
“(Inson) biror soʻz aytmas, magar (aytsa ham) oldida hoziru nozir (farishta)lar bor (u soʻzni yozib olurlar)”[2]
Imom Navaviy aytadilar: “Bilginki, voyaga yetgan har bir inson barcha soʻzlardan tilini tiyishi lozim, faqat foydali gaplarnigina aytish kerak. Mabodo biron soʻz foyda ham, zarar ham keltirmaydigani maʼlum boʻlsa, unday soʻzdan oʻzini saqlamoqlik sunnatdir. Chunki bunday muboh – hech zararsiz soʻzlar ham goho harom yoki makruh ishlarga sababchi boʻlib qoladi. Salafi solihlar hattoki “Kun issiq yoki kun sovuq” kabi soʻzlarni ham avval mulohaza qilib soʻngra aytar edilar”.
Muhammad Najmiddinov,
Namangan shahri “Mavlono aliyul qori” jome
masjidi imom noibi